QO'SHMA TA'LIM DASTURI
TDMAU – NCEPU qo'shma bakalavriat dasturi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (TDMAU) hamda Shimoliy Xitoy elektr energetikasi
universiteti (NCEPU) o'rtasidagi rasmiy shartnoma asosida. Termizda o'qing, Xitoyda tugating — ikki
universitetdan ikki diplom oling. Yo'nalish: Elektr muhandisligi va Avtomatika, ta'lim ingliz tilida.
- 2+2 model — 1–2-kurs Termizda (TDMAU), 3–4-kurs Xitoyda (NCEPU)
- Ingliz tilida ta'lim
- Ikki diplom — TDMAU va NCEPU
Dastur tafsilotlari
- Yo'nalish: 60610300 — Elektr muhandisligi va Avtomatika
- Sxema: 2+2 (1–2-kurs TDMAU, 3–4-kurs NCEPU)
- Davomiylik: 4 yil (maksimal)
- Ta'lim shakli: Kunduzgi
- Ta'lim tili: Ingliz tili
- Til talabi: Ingliz yoki xitoy tilida muloqot darajasi
Qabul talablari
- TDMAUga qabul qilingan, Xitoy fuqarosi bo'lmagan abituriyentlar
- NCEPUga o'tish uchun (3-kursdan): o'rtacha ball kamida 75/100
- Ingliz yoki xitoy tilida muloqot qila olish
- NCEPU tomonidan o'tkaziladigan suhbatdan muvaffaqiyatli o'tish
Kontrakt va to'lovlar
- 1–2-kurs (TDMAU): 7 400 000 so'm/yil, yotoqxona 130 000 so'm/oy
- 3-kurs (NCEPU): to'liq stipendiya, yotoqxona 9 000 RMB/yil
- 4-kurs (NCEPU): reytingga qarab 0 / 11 000 / 22 000 RMB
Kerakli hujjatlar
- Attestat / Diplom
- Pasport
- Foto (3×4)
- Til sertifikati (ixtiyoriy)
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 5-avgust, 12:00.
Ariza topshirish sahifasiga o'tish
Aloqa: international_cooperation@tdmau.uz · +998 76 221-94-45 ·
190100, Termiz sh., Islom Karimov ko'chasi, 288a